500 000 so'mdan bepul yetkazib berish 14:30 gacha buyurtma — ertaga eshigingizda 6 ta filialdan bepul olib ketish 100% original Amerika vitaminlari 500 000 so'mdan bepul yetkazib berish 14:30 gacha buyurtma — ertaga eshigingizda 6 ta filialdan bepul olib ketish 100% original Amerika vitaminlari

Savol-javob

Ko'p beriladigan savollarga javoblar. Javob topilmasa — operatorga yozing: @vitaboom_uz yoki qo'ng'iroq qiling: +998 71 231 21 21.

Mahsulotlar originalmi?

Ha, barcha mahsulotlarimiz 100% original va sertifikatlangan. Biz Now Foods, Solaray, Carlson kabi rasmiy Amerika brendlari bilan ishlaymiz. Har bir mahsulot sifati kafolatlangan.

Yetkazib berish qancha vaqt oladi?

Toshkent bo'ylab buyurtmalar odatda 1–2 kun ichida yetkazib beriladi. Viloyatlarga yetkazish muddati joylashuvga qarab belgilanadi — aniq ma'lumot uchun operatorga yozing yoki qo'ng'iroq qiling.

Yetkazib berish narxi qancha?

Toshkent bo'ylab yetkazib berish 30 000 so'm. Aniq summa buyurtma berishda ko'rsatiladi. Filialdan olib ketish — bepul.

To'lov qanday amalga oshiriladi?

Saytdan buyurtma berganingizda mahsulotni qabul qilib, kuryerga naqd pul bilan to'laysiz. Filiallarda naqd pul va plastik karta qabul qilinadi.

Filiallaringiz qayerda joylashgan?

Toshkentda 6 ta filialimiz bor: №1 Qorasaray, №2 Algoritm, №3 Bektemir, №4 Bisyor, №5 Drujba, №6 Qoraqamish. Manzil, ish vaqti va xarita — «Filiallar» sahifasida.

Qaysi vitamin menga mosligini qanday bilaman?

Mutaxassislarimiz bepul konsultatsiya beradi. Yoshingiz, sog'lig'ingiz va ehtiyojingizga qarab to'g'ri mahsulotni tavsiya qilamiz. Qo'ng'iroq qiling yoki Telegram orqali yozing: @vitaboom_uz.

Mahsulotni qaytarsa bo'ladimi?

Ha. Qadog'i ochilmagan, himoya plombasi buzilmagan mahsulotni 7 kun ichida qaytarish mumkin. Buning uchun operatorga yozing va buyurtma raqamini ayting.

Mahsulot qaysi filialda borligini qanday bilaman?

Har bir mahsulot sahifasida «Olib ketish — filiallarda bor» bo'limida qaysi filialda nechta dona borligi ko'rsatilgan. Qoldiq kuniga bir necha marta yangilanadi.

Filialdan olib keting

6 ta filial, har kuni ochiq. Manzillar va xarita →